Dubay shahrida O'zbekistonda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda sut mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Noyabr 12, 2023. 13:43 • 28 soniya
• 70
Dubay, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida "Novalac" kompaniyasining moliya direktori Antoine Chebli va ma'muriy nazoratchisi Axmed Nassef bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davomida O'zbekistonga "Novalac" kompaniyasining sut mahsulotlarini yetkazib berish, investitsiya jalb qilishda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasiga ko'ra, "Novalac" kompaniyasining xodimlari investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, O'zbekistonda "Novalac" kompaniyasining sut mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish hamda yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurishlarini ma'lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
Pokiston bilan charmsanoat bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi