Misr kompaniyasi rahbarlari Xorazm viloyatining investitsiyaviy salohiyatini yuksak baholamoqda
Avgust 10, 2025. 13:18 • 51 soniya
• 60
QOHIRA, 11-avgust. "Dunyo" AA/. Xiva shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekiston-Misr" biznes-forumi ishtirokchilari "Dunyo" AA uchun intervyusida mazkur iqtisodiy tadbirning ahamiyati va Xorazm viloyatining investitsiyaviy salohiyati to'g'risidagi fikrlarini bildirdi:

Nosir Ibrohim, "Gamma" kompaniyasi direktori:
– Xivada bo'lib o'tgan "O'zbekiston-Misr" biznes-forumi Xorazm viloyatining ortib borayotgan investitsiyaviy imkoniyatlari, iqtisodiy salohiyati va xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur biznes-forumda ishtirok etish uchun Misrning "Gamma", "Smart", "In2Metals" va "Copper mining" kabi yetakchi kompaniyalari vakillari Xorazmga keldi.
Xorazm viloyatining innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga bo'lgan sadoqati bizni chuqur ta'sirlantirdi. Ushbu forum bizga qishloq xo'jaligi va infratuzilma sohalarida bir nechta istiqbolli imkoniyatlarni o'rganish imkonini berdi va biz potensial sheriklar bilan o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni kutyapmiz.
Asad Muhammad, "Smart Company" kompaniyasi vakili:
– Xorazm hamkorlik uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Ayniqsa, barqaror qishloq xo'jaligi va aqlli texnologiyalar sohasida jozibali takliflar bor. Biz allaqachon Xorazm viloyati va Misr uchun foydali bo'lgan pilot loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokaralarni boshlaganmiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi