Logo

Xorazm viloyatida o'tkazilgan biznes-forum xorijlik hamkorlar bilan yangi eksport shartnomalarini tuzish uchun qulay maydonga aylandi

Avgust 12, 2025. 10:38 • 50 soniya

62
Xorazm viloyatida o'tkazilgan biznes-forum xorijlik hamkorlar bilan yangi eksport shartnomalarini tuzish uchun qulay maydonga aylandi

AL-KUVAYT, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Dejavu for Juice" kompaniyasi rahbari Ahmad al-Bag'iliy Xorazm viloyatida o'tkazilgan biznes-forum va "Qovun sayli" xalqaro festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qovun sayli" festivalida ishtirok etgan Kuvayt vakili ko'pgina xalqaro tadbirlarda qatnashganini, biroq aynan ko'hna Xorazm zaminida tashkil etilgan festival o'zgacha jozibadorligi bilan ajralib turishini ta'kidladi.

Kuvaytlik tadbirkor biznes-forum doirasida o'zbek ishbilarmon doiralari bilan "B2B" shaklida uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda o'zaro hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari xususida fikr almashildi. 

Shuningdek, safar davomida Xorazm viloyatidagi "Japan Uz Trade House" va "Khorezm Insulation Group" kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar tashkil etdi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekistondan quruq va quritilgan mevalarni Kuvaytga eksport qilish masalasi muhokama qilindi, qulay transport-logistika yo'llari ko'rib chiqildi.

"Azaldan yurtingiz mevalari takrorlanmas ta'mi bilan ajralib turadi. Bugun men buni amalda yana bir bora ko'rdim. O'zbekiston zaminida yetishtirilgan qovunni yegan har bir xorijiy turistning tilida uning lazzatli ta'mi abadiy qoladi", – dedi Ahmad al-Bag'iliy.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish