Logo

Xitoyning Dunguan shahrida "O'zbekiston hududlari va tarmoqlarining investitsiyaviy imkoniyatlari" mavzusida biznes-forum tashkil etildi

Iyul 25, 2025. 16:35 • 51 soniya

66
Xitoyning Dunguan shahrida "O'zbekiston hududlari va tarmoqlarining investitsiyaviy imkoniyatlari" mavzusida biznes-forum tashkil etildi

DUNGUAN, 25-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Xitoyning Dunguan shahrida "O'zbekiston hududlari va tarmoqlarining investitsiya imkoniyatlari" mavzusida biznes-forum o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga doir taqdimotda Xitoy kompaniya vakillarining e'tibori yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, imtiyozlar tizimi, hududlarning drayver tarmoqlari va istiqbolli loyihalarga qaratildi.

Buxoro viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bo'lim boshlig'i Fatullo Ro'ziyev viloyatda yaratilgan biznes muhit hamda sanoat va turizm yo'nalishlarida taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalar to'g'risida to'xtalib o'tdi.

Ikki davlat fuqarolari uchun joriy etilgan 30 kunlik vizasiz rejim va Toshkent-Guanchjou yo'nalishida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarning yo'lga qo'yilgani o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga hamda turkompaniyalar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishi ta'kidlandi.

Texnik-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Xitoy–Yevropa uyushmasi "Yashil qo'mitasi" ijrochi raisi Lin Lyan va Dunguan shahridagi Ganchjou savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekiston hududlariga biznes-missiyasini uyushtirish va amaliy natijalarga qaratilgan hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish