Logo

O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyati Xitoyning Guanchjou shahrida taqdim etildi

Iyun 17, 2025. 10:48 • 46 soniya

111
O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyati Xitoyning Guanchjou shahrida taqdim etildi

GUANCHJOU, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Xitoyning "NOVA International Belt and Road Platform" uyushmasi bilan birgalikda Guanchjou shahrida O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlariga bag'ishlangan biznes-forum tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 50 ga yaqin mahalliy kompaniyalar vakillari qatnashdi. Ishtirokchilarga mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi, hududlarning drayver tarmoqlari hamda istiqbolli loyihalari to'g'risida so'zlab berildi.

Forum yakunida qurilish materiallari va sport uskunalarini ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, mebelsozlik hamda qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalardan iborat delegatsiyaning shu yilning avgust oyida Andijon viloyatiga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.

O'zbekiston diplomatlari, shuningdek, "NOVA International Belt and Road Platform" rahbari Yu Ting bilan alohida muloqot qildilar. Unda mazkur uyushmaga a'zo kompaniyalarning O'zbekistonga safarlarini ishlab chiqish, ularni yurtimizda tashkil etiladigan forum, ko'rgazma va yarmarkalar ishida faol ishtirokini ta'minlash masalalari xususida fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish