Xitoy farmatsevtika kompaniyasi O'zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
Iyul 07, 2024. 09:06 • 43 soniya
• 407
GUANCHJOU, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning "Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals" kompaniyasi bosh direktori Nin Na muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda farmatsevtika sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o'zbek sheriklar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, sog'liqni saqlash, farmatsevtika yo'nalishida yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sanoat hududlari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Kompaniya delegatsiyasining O'zbekiston viloyatlarida dorivor o'simliklar yetishtirish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida mamlakatimizga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.
"Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals" kompaniyasiga 1662-yilda tashkil etilgan va u Xitoy an’anaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya "Fortune-500" yirik korxonalar ro'yxatidan o'rin olgan. Uning ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodim savdo, marketing va dorivor o'simliklarni yetishtirish bilan shug'ullanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi