Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda quruqlik portini qurish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Avgust 28, 2025. 17:23 • 2 daq
• 159
KUALA-LUMPUR, 28-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Mutiara Perlis Sdn Bhd" kompaniyasi direktorlar kengashining ijrochi raisi Shabaruddin Ibraxim bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekistonni Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi bilan bog'laydigan transport yo'laklarini takomillashtirish va yangi transport yo'nalishlarini ochish istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, mamlakatimizni Xitoy davlati bilan bog'laydigan "Qashqar - Torug'art - Makmal - Jalolobod - Andijon" yo'nalishida yangi temir yo'li qurilishi va Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog'laydigan muhim transport yo'lagi O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi Transafg'on xalqaro temir yo'li loyihasining mintaqa tashqi savdo aylanmasiga ijobiy ta'siri yuzasidan fikr almashildi.
Kompaniyaning ulkan tajribasi hamda mamlakatimizning Sharq va G'arb, Shimol va Janub mintaqalari o'rtasidagi ulkan tranzit salohiyatini inobatga olib, xorij tomoni bilan Andijon viloyatida O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi yaqinida, Termez shahrida hamda Olot tumanida quruqlik portlarini qurish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shabaruddin Ibraxim Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'lining ahamiyatidan kelib chiqib, yaqin kelajakda Andijon viloyatida quruqlik portini qurish taklifiga jiddiy qiziqish bildirdi. Tadbirkor mazkur loyiha taklifini o'zbek tomoni bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Mutiara Perlis Sdn Bhd" 2018-yilda Perlis shtatida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan kompaniya sifatida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan. Hozirda kompaniya Malayziyada Perlis quruqlik porti, Perlis dengiz yo'li va Perlis energetika markazi kabi yirik loyihalarni amalga oshirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi