Logo

Misrlik tadbirkor O'zbekiston hududida charm mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

Noyabr 05, 2024. 12:23 • 38 soniya

80
Misrlik tadbirkor O'zbekiston hududida charm mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

QOHIRA, 5-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zcharmsanoat" uyushmasi raisi Akbar Sultonov va Misrning "ART" kompaniyasi rahbari Majid Sulaymon o'rtasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda, shuningdek, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, manfaatdor tadbirkorlar va elchixona xodimlari qatnashdi.

Uchrashuvda O'zbekiston hududida charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid investitsiyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Misr tomoni e'tiboriga mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, erkin sanoat zonalari to'g'risidagi taqdimot taqdim etildi.

Sanoat uskunalarini keltirish bilan bog'liq masalalar va mahsulotni xorijga eksport qilish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida charm mahsulotlari namunalarini almashish va moliyalash masalalarini batafsil muhokama qilish to'g'risida kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish