Logo

Novosibirsk shahrida Surxondaryo va Farg'ona viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkaziladi

May 20, 2025. 14:52 • 39 soniya

110
Novosibirsk shahrida Surxondaryo va Farg'ona viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkaziladi

NOVOSIBIRSK, 20-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk shahri meri o'rinbosari Kseniya Antonova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida Novosibirsk rahbariyati O'zbekiston bilan ikki tomonlama, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratayotgani ma'lum qilindi.

Xususan, shahar meriyasi O'zbekiston Bosh konsulxonasining shu yil iyul oyida Novosibirsk shahrida Surxondaryo va Farg'ona viloyatlari, shuningdek, Novosibirsk viloyati ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatladi.

Mer o'rinbosari Kseniya Antonova ushbu tadbirni yuqori saviyada o'tkazish uchun shahar rahbariyati tomonidan barcha zarur yordam ko'rsatilishini bildirdi.

Shuningdek, Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o'rtasidagi yaqin hamkorlikni inobatga olgan holda Termiz va Novosibirsk shaharlari o'rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlarini o'rnatish tashabbusi qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish