O'zbekiston elchisi Pokiston temir yo'llar vaziri bilan Transafg'on temir yo'li loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi
Iyun 04, 2025. 14:27 • 2 daq
• 91
ISLOMOBOD, 4-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston temir yo'llar federal vaziri Muhammad Hanif Abbasi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini, jumladan O'zbekiston va Pokistonni o'zaro bog'lovchi transport-kommunikatsiya infratuzilmalari, jumladan Transafg'on temir yo'li loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Federal vazir Pokiston hukumati Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy bog'liqlik tashabbusi, uning muhim tarkibiy qismi bo'lgan Transafg'on temir yo'li qurilishini to'liq qo'llab-quvvatlashini, bu boradagi hamkorlikka ustuvorlik berilayotganini ta'kidladi.
– Transafg'on temir yo'li nafaqat yirik transport loyihasi, balki O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston xalqlari qayta bog'lovchi va bu do'stlik rishtasini asrlardan-asrlarga o'tkazuvchi muhim strategik tashabbusdir, – dedi vazir Muhammad Abbasi.
Transafg'on temir yo'li loyihasi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tomonlarning yangi bozorlarga chiqish imkonini yaratishi, Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O'zbekistonning Pokistonning dengiz portlari bilan bog'lashi, ikki mintaqa o'rtasida tovar ayirboshlash hajmini keskin oshirish, logistika xarajatlarini qisqartirish va umumiy iqtisodiy o'sishga turtki berishi e'tirof etildi.
Pokiston temir yo'llar federal vaziri, shuningdek, hozirda bo'lajak loyihaning Pokiston temir yo'llari bilan integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan texnik-iqtisodiy masalalar ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi.
Mazkur temir yo'l loyihasining amalga oshirilishi bo'yicha rasmiy Toshkent, Islomobod va Kobul o'rtasida muntazam muloqot hamda axborot almashishni davom ettirishning dolzarbligi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi