Samarqandda O'zbekiston–Pokiston yosh tadbirkorlar forumi bo'lib o'tdi
Iyun 14, 2025. 13:44 • 2 daq
• 42
SAMARQAND, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yil 3-6-iyun kunlari Samarqand shahrida o'tkazilgan Global yoshlar festivali doirasida "O'zbekiston-Pokiston yosh tadbirkorlar forumi" bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Ushbu nufuzli tadbirda Pokiston Bosh vaziri Yoshlar dasturi delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Pokiston delegatsiyasiga mamlakat Milliy Assambleyasi a'zosi, Bosh vazir Yoshlar dasturining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi Saida Amna Batul rahbarlik qildi.
Delegatsiya tarkibidan axborot texnologiyalari, innovatsiyalar, elektron tijorat, ta'lim va dizayn sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar va startap loyihalar rahbarlari o'rin oldi.
Forumning ilk kunida delegatsiya a'zolari "Yoshlar tadbirkorligi haftaligi"ga bag'ishlangan biznes-marafonda qatnashdi. Kunning ikkinchi yarimida delegatsiya a'zolari "O'zbekiston–Pokiston yosh tadbirkorlar forumi"da ishtirok etdi.
Anjuman doirasida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan yoshlar siyosati sohasidagi qo'shma "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi.
Tadbirning ikkinchi kunida delegatsiya Samarqanddagi bir qator mahalliy sanoat korxonalari, jumladan, "Mondelux" mebel fabrikasi va "Afrosiyob jeans textile" fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy obidalariga tashrif buyurdi.
Forum doirasida O'zbekiston va Pokiston yosh tadbirkorlari o'zaro tajriba almashdi, g'oyalari bilan o'rtoqlashdi, hamkorlik yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdi hamda ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlarini olib kirish bo'yicha amaliy qadamlar borasidagi takliflar muvofiqlashtirildi.
Pokiston delegatsiyasi tarkibidan o'rin olgan tadbirkorlar O'zbekistonda biznes imkoniyatlarini chuqurroq o'rganish maqsadida 13-iyunga qadar mamlakatimizda bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi