Shvetsiya ishbilarmon doiralari vakillari O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bilan tanishmoqda
May 31, 2025. 10:40 • 54 soniya
• 76
TOSHKENT, 31-may. /"Dunyo" AA/. Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi bosh savdo departamenti direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi shved kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo'lib turibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shvetsiya delegatsiyasi tarkibidan "Sandvik", "EOL Vent Mining", "Epiroc", "Scania", "Ericsson", "Skf" va "Atlas Copco" kabi yirik kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari o'rin oldi.
O'zbekiston elchixonasi ko'magida tashkil etilgan tashrif davomida Shvetsiya delegatsiyasi a'zolari O'zbekiston Raqamli texnologiyalar, Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Tog'-kon sanoati va geologiya vazirliklarida bir qator uchrashuvlar o'tkazdi.
Shuningdek, shved delegatsiyasi OKMK, Toshkent shahridagi IT Park va Xalqaro nordik universiteti faoliyati bilan tanishdi.
Tomonlar sanoat, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi va geologiya sohalariga alohida e'tibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvlar davomida shved kompaniyalariga, mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari, sarmoyaviy va eksport salohiyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
Muzokaralar yakunida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, salohiyatli shved investorlarini mamlakatimizga jalb etish bo'yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi