Logo

Shvetsiyada O'zbekiston mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi

Iyun 27, 2025. 11:27 • 33 soniya

137
Shvetsiyada O'zbekiston mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi

STOKGOLM, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyada kecha O'zbekiston mahsulotlari savdo yarmarkasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimiz elchixonasi ko'magida tashkil etilgan mazkur savdo yarmarkasida 30 nafarga yaqin mamlakatimiz tadbirkorlari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shvetsiya iste'molchilari talablarini inobatga olgan holda yangi uzilgan meva-sabzavotlar, limon, poliz mahsulotlari, quritilgan, sublimatsiya, konservatsiya qilingan ekologik toza mahsulotlar taqdim etilmoqda.

Ko'rgazmaning dastlabki kunida Shvetsiya tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida bir qator eksportoldi kelishuvga erishildi.

E'tiborlisi, Shvetsiyaning yirik importyor korxonalar vakillari sabzavotlar, xususan piyoz, quritilgan olxo'ri, quritilgan o'rik, mayiz kabi mahsulotlar, yangi mevalarni O'zbekistondan import qilishga qiziqish bildiryapti.

Yarmarka 29-iyungacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish