Logo

Shvetsiya kompaniyasi O'zbekiston bilan telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini o'rganmoqda

Dekabr 13, 2023. 09:05 • 32 soniya

265
Shvetsiya kompaniyasi O'zbekiston bilan telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini o'rganmoqda

STOKGOLM, 13-dekabr. /"Dunyo" AA/. TIVning Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov O'zbekiston delegatsiyasining Shvetsiyaga tashrifi doirasida "Ericsson AB" kompaniyasi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda mamlakatimiz bo'ylab barcha hududlarda 5G mobil aloqa baza stansiyalari qamrovini kengaytirish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokara jarayonida mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalarining mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilish hamda kompaniya tomonidan O'zbekistonda rasmiy ofis ochish masalalari o'rganib chiqildi.

Uchrashuv so'nggida kelgusi muzokaralarni O'zbekistonga tashrif buyurgan holda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish