Hindistonda O'zbekiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi
Avgust 11, 2025. 15:38 • 2 daq
• 52
UDAYPUR, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi Hindistonning Udaypur shahrida tashkil etilgan biznes-forumda mamlakatimiz savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini taqdim etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Opesh Group" kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan "3B Business Growth Conference - 2025" nomli xalqaro tadbirda Hindistonda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xorijiy diplomatik missiya vakillari ishtirok etdi.
Elchi Sardor Rustamboyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijalari, jumladan, chet davlatlar ishbilarmon doiralari vakillari bilan hamkorlik qilish hamda ularning investitsiyaviy faoliyati uchun yaratilgan qulay muhit, tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, preferensiyalar, respublikamiz eksport va turizm salohiyati haqida batafsil so'zlab berdi.
Hindistonlik tadbirkorlar O'zbekiston bilan farmatsevtika, to'qimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati, axborot texnologiyalari, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalardagi samarali hamkorlik ko'lamini yanada kengaytirish, zamonaviy va ilg'or texnologiyalar, innovatsion yechimlar, bilim va ko'nikmalar jalb qilishga chaqirildi.
"Opesh Group" kompaniyasi raisi Opesh Singh so'nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi oshib borayotgani, xorijlik sarmoyadorlarga salmoqli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilayotganini yuqori baholadi.
Biznes-seminar doirasida Hindistonning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan O'zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalar jalb qilish va mamlakatimiz mahsulotlarining Hindiston bozoriga eksport hajmini ko'paytirishga qaratilgan qator muzokaralar o'tkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi