O'zbekiston va Pokiston qo'shma multimodal kompaniyalarini tashkil etishni muhokama qilmoqda
Avgust 05, 2025. 10:00 • 47 soniya
• 75
ISLOMOBOD, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston Bosh vazirining sanoat masalalari bo'yicha maxsus yordamchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xan bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikning dolzarb yo'nalishlari, jumladan, joriy yil fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tgan oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, "Tashkent Pharma Park" va "Tashkent Texnopark"da qo'shma loyihalarni amalga oshirish, transport-logistika kompaniyalari o'rtasida aloqalarni mustahkamlash, qo'shma multimodal tashish kompaniyalari tashkil etish va Termizdagi "Airitom Free Zone" imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali savdo aloqalarini kengaytirish borasidagi masalalar ham ko'rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida, axborot texnologiyalari, investitsiya, iqtisodiy zonalarni boshqarish, banklararo hisob-kitoblarni takomillashtirish, to'qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qurilish, farmatsevtika, tog'-kon sanoati va qishloq xo'jaligi mashinasozligi kabi sohalarda yetakchi kompaniyalar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi