O'zbekiston va Polsha avtotransport vositalari ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
Avgust 17, 2025. 10:58 • 42 soniya
• 108
VARSHAVA, 17-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o'rinbosari Davron Xidoyatov va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi prezidenti Yakub Farish o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida ilg'or tajriba va texnologiyalar almashinuvini yo'lga qo'yish hamda ikki mamlakat korxonalari o'rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o'z tashkilotlarining maqsad va vazifalari hamda O'zbekiston va Polsha avtomobil sanoati salohiyati haqida fikr almashdilar. Har ikki mamlakatda avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida "O'zavtosanoat" AJ rahbariyatining Polshaga va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi rahbariyatining O'zbekistonga amaliy safarlarini tashkil etish hamda avtokomponent ishlab chiqaruvchilar va investorlar ishtirokida biznes-forum o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi