Logo

Sloveniyaning yirik banki O'zbekiston moliya tashkilotlari uchun maxsus kredit liniyalari ochishi mumkin

Mart 09, 2025. 04:32 • 31 soniya

182
Sloveniyaning yirik banki O'zbekiston moliya tashkilotlari uchun maxsus kredit liniyalari ochishi mumkin

LYUBLYANA, 9-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Sloveniyaning "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki boshqaruv raisi hamda bosh direktori Borut Yamnik bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Sloveniya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari bilan to'g'ridan-to'g'ri sheriklikni chuqurlashtirishning muhimligi qayd etildi.

Borut Yamnikning aytishicha, "SID Bank" Sloveniyadagi hamkorlari orqali O'zbekistonda farmatsevtika, aloqa va axborot kommunikatsiyalar sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.

Uchrashuv natijasida "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki tomonidan O'zbekiston banklari uchun maxsus kredit liniyalarini ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish