Logo

Uelsda O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum o'tkazildi

Iyul 14, 2025. 09:28 • 52 soniya

95
Uelsda O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum o'tkazildi

KARDIFF, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Uels ma'muriy-siyosiy hududi poytaxti Kardiff shahrida O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-forumda Uels Taraqqiyot banki, Ta'lim hamkorligi tashkiloti (WEPco), Savdo palatasi hamda "United Concrete Canvas", "Deploy", "KPX Entertainment Technology", "Capital Law" singari yetakchi kompaniyalar rahbarlari va vakillari qatnashdi.

Forum ishtirokchilariga O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil so'zlab berildi.

Bundan tashqari, respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta'lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi.

Xorij tomoni so'nggi yillarda O'zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganligini, xalqaro kompaniyalarning mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta'kidladilar. Shuningdek, moliya-bank, ta'lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, yirik davlat kompaniyalarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqish bildirildi.

Biznes-forum yakunida Uels va O'zbekiston hududlari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda yuqorida ko'rsatilgan sohalarda aniq loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish