Stokgolmda o'tkazilgan O'zbekiston yarmarkasida namoyish etilgan mahsulotlar Shvetsiya jamoatchiligida va rasmiylarida katta qiziqish uyg'otdi
Iyun 30, 2025. 11:14 • 40 soniya
• 121
STOKGOLM, 30-iyun. /Dunyo/. Avval ma'lum qilganimizdek, shu yilning 26-29-iyun kunlari Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida O'zbekiston mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixona tashabbusi bilan mazkur Skandinaviya davlatida ilk bor tashkil etilgan O'zbekiston mahsulotlari yarmarkasi nafaqat mamlakatimizning yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga qiziquvchi chakana savdo korxonalarida, balki Shvetsiya jamoatchiligi vakillarida ham katta qiziqish uyg'otdi.
Shvetsiyaning Migratsiya masalalari bo'yicha davlat kotibi Anders Xoll boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi milliy stendimizga tashrif buyurib, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, eksportga mo'ljallangan keng turdagi meva-sabzavot, quritilgan va chuqur qayta ishlangan hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishdi.
Ko'rgazmaning yuqori martabali mehmonlari Stokgolmdagi eng gavjum savdo markazlaridan biri "Kista Galeria"da namoyish etilayotgan o'zbek mahsulotlarining sifati va keng assortimentini yuqori baholadilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi