Xitoyning Shenchjen shahrida O'zbekiston hududlarining iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum bo'lib o'tdi
Iyun 25, 2025. 09:56 • 52 soniya
• 86
SHENCHJEN, 25 -iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenchjen shahrida "Buxoro viloyati – Shenchjen shahri: savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm hamkorligi" mavzusida biznes-forum tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Xitoyning "Bir makon, bir yo'l" texnologiyalar almashinuvi va transferi markazi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy tadbirda Buxoro viloyatining rasmiy va biznes doiralari vakillari, "yashil" energetika, qurilish materiallari, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika va tibbiyot kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilganlarga Buxoro viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari, mavjud infratuzilma, drayver tarmoqlar, xorijiy investorlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda erkin iqtisodiy zonalarda yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Forum doirasida "Buxoro viloyatida mebelsozlikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida alohida taqdimot o'tkazildi.
Shuningdek, Xitoy kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi. Ularda qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Anjuman yakunida "BRETTC" markazi tomonidan Buxoro viloyatining investitsion jozibadorligini Xitoyda keng targ'ib qilishga qaratilgan kampaniyalarni ishlab chiqish hamda mahalliy korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyaning yurtimizga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi