Seul shahrida Janubiy Koreya kompaniyasi rahbari bilan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi
Sentabr 11, 2024. 14:59 • 1 daq
• 356
SEUL, 11-sentabr. /"Dunyo"AA/. O'zbekiston elchisi Alisher Abdusalomov "Shindong Resources" kompaniyasi rahbari, Koreya-O'zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi Kim Yong Guni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Kim Yong Gu Koreya-O'zbekiston biznes assotsiatsiyasi faoliyati hamda "Shindong Resources" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar O'zbekiston hukumati tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlanayotganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Koreya-O'zbekiston biznes assotsiatsiyasi ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal kengaytirib borishga doim tayyorligini ma'lum qildi.
O'z navbatida, xorijiy investorlarning samarali faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan so'nggi islohotlar yuzasidan suhbatdoshga atroflicha ma'lumot berildi.
Hozirda Koreya-O'zbekiston biznes assotsiatsiyasi amaliy ko'magi bilan yurtimizda yirik loyihalarni amalga oshirishga keng e'tibor qaratilayotgani qayd etildi. Jumladan, "Evervolution" konsorsiumi tomonidan Sirdaryo viloyatida "Xalqaro Guliston siti" kompleksini barpo etish, "Somang Development" kompaniyasi ishtirokida ko'p qavatli biznes markaz, mehmonxona va turar joy majmuasini tashkil etish va Sirdaryo viloyatida Janubiy Koreyaning "Sun Moon" universiteti filialini tashkil etish kabi loyihalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada jadal davom ettirish maqsadida O'zbekiston hududlarida joriy yilda assotsiatsiya tomonidan elchixona bilan birgalikda biznes-forum tashkil etishga tayyorgarlik ko'rilayotgani ta'kidlab o'tildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi