Shvetsiya Riksdagida O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-seminar tashkil etildi
Iyun 05, 2025. 07:20 • 54 soniya
• 78
STOKGOLM, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. Shvetsiya parlamentida O'zbekiston elchixonasi va Riksdagdagi Markaziy Osiyo parlamentlari do'stlik guruhi bilan birgalikda mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-seminar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda do'stlik guruhi raisi Byorn Syoder, Riksdag deputatlari, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo palatasi, "ISDP" va "SCEEUS" tadqiqot institutlari, "Ericsson", "Epiroc", "AstraZeneca", "TXL", "Mec Holding", "ABB", "Calluna Mining Solutions", "INPIPE", "Decel" kabi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Biznes-seminar qatnashchilari O'zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Anjumanda do'stlik guruhi raisi Byorn Syoder, Shvetsiyaning mamlakatimizdagi elchisi Tomas Danestad, , "ISDP" va "SCEEUS" aql markazlari direktorlari Svante Kornell va Yoxan Engvall so'zga chiqib, so'nggi yillarda Markaziy Osiyoda, xususan O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholashdi.
Shuningdek, seminar doirasida shved kompaniyalari vakillari bilan O'zbekistonga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbir yakunida Riksdagdagi Markaziy Osiyo parlamentlari do'stlik guruhi bilan bu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etish va O'zbekistonga Shvetsiya ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-missiyalarini uyushtirish yuzasidan kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi