Logo

Eron kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihada qatnashishi mumkin

Mart 29, 2024. 07:30 • 34 soniya

160
Eron kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihada  qatnashishi mumkin

TЕHRON, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning "Pooyandegan Rah Saadat" kompaniyasida bo'ldi va boshqaruvi kengashi raisi Reza Yaqubzodeh bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Eron tomoniga mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida turli sohalarda, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va tibbiyot sohalari hamda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Reza Yaqubzodeh o'z navbatida, tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarni ishlab chiqarishda O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

O'zbekiston diplomatlari korxonaga tashrif davomida tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar va buyumlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko'zdan kechirishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish