O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda umumiy qiymati 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
Sentabr 12, 2023. 21:45 • 57 soniya
• 109
TOSHKENT, 12-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Pak Chin bugun Seulda tashkil etilgan qo‘shma beznes-forumda ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Koreya Respublikasi TIV rahbari Pak Chin janoblari bilan birgalikda har ikki mamlakatdan jami 300 dan ziyod yetakchi kompaniyalar vakillari qatnashgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya biznes forumi ishtirokchilarini qutladik,- deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. -Taʼkidlash joizki, hozirda O‘zbekistonda qiymati $13 mlrdga yaqin qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Janubiy Koreya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni o‘tgan 4 yilda 2 marta oshdi. Hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun imkoniyatlar hali juda ko‘p.

Shu maqsadda barchani ushbu fursatdan unumli foydalanib, Janubiy Koreyaning ilg‘or ishlanmalari va innovatsion texnologiyalarini O‘zbekistonning strategik resurslari va inson salohiyati bilan uyg‘unlashtirishga chaqiramiz».
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi