Malayziyaning krevetka yetishtiruvchi kompaniyasi O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikka tayyor
Iyul 24, 2025. 07:23 • 2 daq
• 83
KUALA-LUMPUR, 24-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Perak shtatiga tashrifi davomida "Sity Marine Products Group" kompaniyasi qarashli baliqchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida kompaniya asoschisi va boshqaruv direktori Sau Keong dengiz suviga maxsus ishlov berish orqali unda ona krevetka va baliqlarni parvarishlash, lichinkalar va baliq chavoqlarini olish, yetishtirish va boqish bo'yicha o'zining 20 yillik tajribasi haqida so'zlab berdi. Uning aytishicha, kompaniya Malayziyadagi krevetkalardan lichinkalarni olish va yosh krevetkalarni parvarishlash bo'yicha noyob texnologiyaga ega kam sonli korxonalardan biri hisoblanadi.
Kompaniya yangi tutilgan krevetkalarni Malayziya shtatlarining masofasiga qarab 16-18 soatgacha yetkazib berish samarali logistikasini yo'lga qo'ygan. Shuningdek, kompaniya chuchuk suvda baliq chovoqlarini yetishtirish va dengiz suvi to'ldirilgan kichik basseynlarda ularni boqish bilan shug'ullanadi. Eksportga yetkazib berish zanjirini yanada takomillashtirish maqsadida kompaniya baliq va krevetkalarni tozalash, muzlatish va qadoqlash zavodini ishga tushirgan.
Malayziya tomoni O'zbekistonda baliqchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga baliq va krevetka yetishtirish bo'yicha o'z tajribalarini bo'lishish, shuningdek, mamlakatimizga o'z mahsulotlari yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.
"Sity Marine Products Group" kompaniyasi 1994-yil 8-oktabrda Perak shtatining Manjung shahrida tashkil etilgan. Kompaniya faoliyati baliq va krevetkalarni yetishtirish, qayta ishlash va chakana savdo tarmoqlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan. Guruh tarkibida to'rtta shu'ba korxona faoliyat yuritadi. Kompaniyaning Perak shtatida 350 gektar maydonda joylashgan 500 dan ortiq baliqchilik suv havzalari mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi