Janubiy Koreya kompaniyalari O'zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
Oktabr 06, 2024. 13:53 • 46 soniya
• 370
TOSHKENT, 6-oktabr. /"Dunyo" AA/. 4-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon ishtirokida "O'zbekiston–Koreya sanoat-akademik innovatsiyalar haftaligi 2024" tadbirida qatnashish uchun O'zbekistonga kelgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasidagi bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Janubiy Koreya tomoniga O'zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarni qo'llab-quvvatlash va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Janubiy Koreya vakillari ikki mamlakat kompaniyalari o'rtasida innovatsiya va ta'lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda fikr almashish uchun samarali platformaga aylangan tadbir muvaffaqiyatli o'tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar va elektrotexnika ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokiston bilan charmsanoat bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Germaniya bilan innovatsiya sohasida yangi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida banklararo hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi