O'zbekiston va Janubiy Koreya temir yo'l transporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Fevral 06, 2024. 11:54 • 2 daq
• 389
SEUL, 6-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreyaning «Hyundai ROTEM» kompaniyasi prezidenti Li Yongbeni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda transport sohasidagi hamkorlik masalalari, xususan, «Hyundai ROTEM» kompaniyasi tomonidan O'zbekistonga 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi.
Ushbu poyezdlarni yetkazib berish bo'yicha vazifalar davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transport sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida ko'zda tutilgan. Ular nafaqat respublikamizning temir yo'l transportini rivojlantirishga, balki Toshkentni Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlar bilan bog'lash va mamlakatimiz aholisi hamda sayyohlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.
«Hyundai ROTEM» kompaniyasi rahbariyati ijtimoiy sohadagi hamkorlik doirasida Qoraqalpog'istondagi ta'lim maskanlari uchun kompyuter va "aqlli" doskalarni beg'araz yordam sifatida berishga tayyorligini bildirdi. Ushbu ko'mak O'zbekistonda boshlang'ich va o'rta-maxsus ta'limdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu uskuna va jihozlar Qoraqalpog'iston Respublikasiga joriy yil may oyida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Muloqot davomida, shuningdek, O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari bilan keng tanishish va yangi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida «Hyundai ROTEM» kompaniyasi delegatsiyasi joriy yilning 2-3-may kunlariga rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun yurtimizga kelishi ham ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga yo'naltirilgan aniq tadbirlar bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi