Logo

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi

Aprel 18, 2026. 12:37 • 56 soniya

327
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi

TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 17-aprel kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini samarali o‘tkazdik, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Qo‘shma sa’y-harakatlarimiz natijalarini sarhisob qilib, uzoq muddatli istiqbol uchun aniq rejalar va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldik.

Joriy yil oktyabr oyida Turkmanistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini batafsil muhokama qildik.

Mazmunli muzokaralar davomida hamkasblarimiz bilan ko‘p tomonlama sheriklikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan 10 ta qarorni kelishib oldik va qabul qildik.

Ushbu hujjatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi yaqinlikni yanada kuchaytirish, barqarorlikni ta’minlash hamda MDH makonida izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz”.

“Dunyo”AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish