"Aykulash" davlat folklor ansambli Italiyaning Vyeste shahrida o'tkazilgan xalqaro festivalda ishtirok etdi
Avgust 12, 2025. 16:46 • 58 soniya
• 140
VYESTE, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Qoraqalpog'iston Respublikasi "Aykulash" davlat folklor ansambli Italiyaning Vyeste shahrida o'tkazilgan III Xalqaro aolklor festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur festival Apuliya viloyati administratsiyasi "Pizzeche e Muzzeche" tashkiloti bilan hamkorlikda va "Samarkanda" uyushmasi ko'magida tashkil etildi.
Unda O'zbekiston va Italiya vakillaridan tashqari Turkiya, Meksika, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar folklor ijodiy guruhlari ishtirok etdi.
Festival doirasida ijodiy guruhlar o'zlarining milliy folklor san'atining noyob elementlarini namoyish etdilar. Jumladan, "Aykulash" davlat folklor ansamblining o'zbek va qoraqalpoq madaniyati rang-barangligini ifodalovchi chiqishlari tomoshabinlarning kayfiyatini ko'tardi. Festival dasturi mahalliy tomoshabinlarda ham xalqaro mehmonlarda ham katta taassurot qoldirdi.
Festival doirasida eng muhim voqealardan yana biri – bu o'zbekistonlik dizayner Aliya Dineyevaning shaxsiy kolleksiyasi hamda "Beltepa" brendi dizaynerlari tomonidan O'zbekistondan keltirilgan matolardan tikilgan kolleksiyalarning namoyishi bo'ldi.
Tadbir tashkilotchilari, mahalliy va xorijiy ishtirokchilar liboslar namoyishini, jumladan liboslarning betakrorligini, dizaynerlarning professionalligini va milliy an'analarni yuqori baholadilar.
Joriy yildagi festival ishtirokchilar soni va taqdim etilgan mamlakatlar darajasi bo'yicha eng muvaffaqiyatlisi deb topildi. Ishtirokchilarga ko'ra, anjuman tajriba almashish va yangi ijodiy loyihalarni ishlab chiqish uchun muhim maydoniga aylandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi