Logo

"Antara" AA: O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamiyatda milliy tarixga hurmat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi

May 14, 2025. 12:45 • 55 soniya

85
"Antara" AA: O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamiyatda milliy tarixga hurmat va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi

JAKARTA, 14-may. /"Dunyo" AA/. Indoneziyaning "Antara" axborot agentligi "O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilim" sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Markaz O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgani, bu ulkan qurilish inshootiga ilk tamal toshi 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni qo'yilgani ma'lum qilingan.

Markaz faoliyati islom madaniyatini asrab-avaylash, islom tarixidagi alloma va mutafakkirlarning ulkan hissalarini o'rganish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgani ta'kidlangan.

"O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamiyatda insonparvarlik, milliy tarixga hurmat va bag'rikenglikni targ'ib qilish, ijtimoiy barqarorlik va dinlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan", – deyilgan materialda

Ta'kidlanganidek, bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi me'moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg'unligi unga alohida ko'rk va salobat bag'ishlagan. "Markazning eng asosiy qismida Qur'oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining ma'naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus'hafi joylashtiriladi", – deb yozilgan nashrda

Qayd etilganidek, ma'naviy-ma'rifiy, madaniyatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar, xususan, YUNESKO, AYSESKO bilan hamkorlikni jadallashtirish Markazning asosiy vazifalariga kiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish