Logo

YUNESKOning yangi bosh direktori Buxoro biyennalesida bo'ldi

Noyabr 12, 2025. 14:57 • 28 soniya

123
YUNESKOning yangi bosh direktori Buxoro biyennalesida bo'ldi

TOSHKENT, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. YUNESKOning yangi bosh direktori, doktor Xalid al-Anani O'zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Buxoro zamonaviy san'at biyennalesida bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi telegram-kanaliga tayanib.

Tashrif chog'ida YUNESKO rahbari biyennale yuksak saviyada tashkil etilgani, san'at yo'nalishlari xilma-xilligi, zamonaviy san'at Buxoroning o'ziga xos tarixiy-madaniy muhiti bilan uyg'unlashganini qayd etdi.

Doktor Xalid al-Anani ta'kidlashicha, Buxoro biyennalesi kabi madaniy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash YUNESKO faoliyatining muhim yo'nalishi bo'lib, san'at orqali xalqaro muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish