Qoraqalpog'istonlik iste’dodli yosh rassomlarning asarlari Dubayda namoyish etilmoqda
Mart 03, 2024. 08:19 • 37 soniya
• 104
DUBAY, 3-mart. /"Dunyo" AA/. Dubayda qoraqalpog'istonlik uch nafar yosh rassomlar asarlari namoyishiga bag'ishlangan ko'rgazma ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ko'rgazma BAAdagi taniqli o'zbek madaniyat arbobi, uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyo mintaqasi mo'yqalam san’atini xorijda keng targ'ib etib kelayotgan Natalya Andakulova rahbarligidagi "Andakulova Gallery" gelereyasi tomonidan tashkil etildi.
Toshkentdagi Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan iste’dodli mo'yqalam ustalari Baxtiyor Serekeyev, Timur Shardimetov va Salomat Babajonov asarlari Dubay aholisi va ko'plab xorijiy mehmonlarning e’tirofiga sazovor bo'lyapti.
Ta’kidlash joizki, 2010-yildan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi vakillari yangi milliy rangtasvir yo'nalishini shakllantirdilar. Ularning asarlari abstrakt o'ylash shaklida ishlangan. Rassomlarning ijodidagi bunday burilish esa insonni teran fikrlashga chorlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi