Varshavada bo'lib o'tgan "Madaniyatlar chorrahasi" nomli xalqaro tadbirda O'zbekiston salohiyati taqdim etildi
May 23, 2024. 12:07 • 30 soniya
• 108
VARSHAVA, 23-may. /"Dunyo" AA/. Varshava universitetida bo'lib o'tgan "Madaniyatlar chorrahasi" nomli tadbirda O'zbekiston turizm salohiyati va madaniyati taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda mazkur universitetda tahsil olayotgan 15 dan ortiq xorijiy mamlakatlar talabalari o'zlarining milliy an'analari va urf-odatlarini namoyish etishdi.
O'zbekiston diplomatlari ko'magida vatandosh talabalar milliy o'zbek liboslari, raqslari va sport o'yinlaridan namunalarni yig'ilganlar e'tiboriga taqdim qildilar.
Mamlakatimiz vakillari tomonidan ijro etilgan xalq qo'shiqlari va raqslari mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o'zbek taomlari va qandolatchilik mahsulotlarini ham tatib ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi