Logo

Qirg'izistondan munosabat: "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali madaniy muloqot va diplomatiya brendiga aylanmoqda

Avgust 27, 2024. 07:18 • 29 soniya

158
Qirg'izistondan munosabat: "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali madaniy muloqot va diplomatiya brendiga aylanmoqda

SAMARQAND, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. Qirg'iziston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Baxit Asangul "Dunyo" AA uchun intervyusida kecha Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

– Avvalo, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga taklif uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, festival, haqiqatan ham, dunyo miqyosida mashhurlikka erishib, madaniy muloqot hamda diplomatiya brendiga aylanmoqda.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bayrami bilan tabriklayman. Barchangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Do'stligimiz, qardoshligimiz abadiy bo'lsin!

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish