O'mon ommaviy axborot vositalari Iordaniya Podshohining O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi haqida yozmoqda
Sentabr 01, 2025. 13:36 • 51 soniya
• 52
MASQAT, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'monning "Asdaa Oman" gazetasida "O'zbekiston – Iordaniya: an'anaviy do'stlik va ko'p qirrali amaliy hamkorlikni mustahkamlash" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning 25-26-avgust kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi yakunlari qalamga olingan. Shuningdek, Iordaniyaning iqtisodiy salohiyati, tabiiy resurslari va O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari borasidagi muhim ma'lumotlar mushtariylar e'tiboriga taqdim etilgan.
"Tashrif doirasidagi ikki davlat rahbarlari ishtirokida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolangandi. Ular vizani bekor qilish, investitsiyalarni himoya qilish, hukumatlararo komissiya va biznes kengashini tuzish, oliy ta'lim, turizm, qishloq xo'jaligi, tibbiyot, standartlashtirish va diniy ishlar bo'yicha hamkorlikka qaratilgan hujjatlarni o'z ichiga oladi", – deyilgan nashrda.
Gazeta O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy mukofoti - "An-Nahda" ordeni bilan taqdirlanganini alohida ta'kidlagan.
"Iordaniya Podshohining ushbu tashrifi ikki davlat diplomatik munosabatlari tarixidagi ilk rasmiy tashrif bo'lib, u o'zaro hamkorlikda yangi bosqich boshlab berdi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida