O'zbekistonda shaxsiy ma'lumotlar huquqiy himoyasini mustahkamlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar Saudiya Arabistoni OAV nigohida

Yanvar 06, 2024. 08:58 • 2 daq

139
O'zbekistonda shaxsiy ma'lumotlar huquqiy himoyasini mustahkamlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar Saudiya Arabistoni OAV nigohida

JIDDA, 6-yanvar. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining «Swift News» elektron nashrida «O'zbekistonda shaxsiy ma'lumotlarni huquqiy himoya qilishni rivojlantirishning asosiy bosqichlari» sarlavhali maqola joylashtirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada muqaddimasida dunyoda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning jadal rivojlanishi shaxsiy hayotning maxfiyligiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda hamda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish esa hayotiy haqiqatga aylanib borayotgani qayd etilgan.


Ta'kidlanganidek, so'nggi yillarda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish zarurati ortib bormoqda. Chunki, biz har kuni turli axborot tarqatish platformalari orqali o'zgalarga tegishli shaxsiy ma'lumotlardan g'arazli foydalanish holatlari bilan bog'liq muammolarni ko'rib turibmiz. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasiga muvofiq, «Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga, uy-joyiga, yozishmalari sirlariga, sha'ni va qadr-qimmatiga o'zboshimchalik bilan aralashish mumkin emas».


«O'zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasining 31-moddasida «Har kim shaxsiy hayoti, shaxsiy va oilaviy sirlari daxlsizligi, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega», deya qayd etilgan. Unga ko'ra, har kim o'z yozishmalari, telefon suhbatlari, pochta, elektron va boshqa xabarlarini maxfiy saqlashga haqli. Ushbu huquqni cheklashga faqat qonun hujjatlariga muvofiq va sudning hal qiluv qarori asosida yo'l qo'yiladi», - deyiladi materialda.


 Maqola yakunida «O'zbekiston Prezidenti 2021-yil 14-yanvar kuni «Shaxsiy doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunga qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonunni imzolagani ma'lum qilingan. Shu asosda amaldagi Qonun «O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari», deb nomlangan 271-modda bilan to'ldirildi», - deb yozgan «Swift News».

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish