O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Nanao shahrida o'tkazilgan xayriya tadbiri Yaponiya OAV diqqat markazida
Mart 28, 2024. 07:52 • 2 daq
• 86
TOKIO, 28-mart. /"Dunyo" AA/. Kunlik adadi 6,9 million nusxa bo'lgan Yaponiyaning yirik "Yomiuri Shimbun" gazetasida "O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Ishikava prefekturasining Nanao shahrida xayriya tadbirini o'tkazdi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanganidek, O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Navro'z umumxalq bayrami arafasida Ishikava prefekturasining Nanao shahrida 2024-yil yanvar oyida Noto yarim oroli yaqinida ro'y bergan kuchli zilzila oqibatida jabr ko'rgan aholi uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.
"Xayriya aksiyasi Nanao shahridagi Yatago jamiyati markazida o'tkazildi. Unda 112 nafar zilziladan eng ko'p aziyat chekkan aholiga ikki mahal dasturxon yozildi va o'zbek milliy taomi – palov ulashildi. "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi ko'magida "Sam Rafoat Tekstil" va "Haj Tex Group" fabrikalari tomonidan taqdim qilingan to'qimachilik mahsulotlari Yaponiyaga yetkazildi va ular evakuatsiya markaziga topshirildi", – deyiladi nashrda.
Maqolada yozilganidek, Yaponiyalik taniqli xonanda Mashu Komazaki va "Guliston" raqs ansambli ijrosidagi o'zbek milliy kuy va qo'shiqlar ishtirokchilarning kayfiyatini ko'tarishga xizmat qildi.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, 2024-yil 1-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:10 da Yaponiyaning Ishikava prefekturasidagi Noto yarim orolida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.
Kuchli yer qimirlashi natijasida odamlar halok bo'ldi va jabrlandi. Shuningdek, ko'plab uylar talafot ko'rdi. 2024-yil 28-fevral holatiga ko'ra, ushbu zilzila natijasida 241 kishi halok bo'lgan, 12 kishi bedarak yo'qolgan va 1294 kishi jarohatlangan. Umumiy zarar 17 milliard dollardan ortiqni tashkil qilmoqda. Hozirgi kunda qadar 10 mingdan ortiq kishi vaqtincha evakuatsion markazlarda yashamoqda. Nanao shahrida esa 5 kishi qurbon bo'lgan, 11 kishi jarohatlangan va 10429 bino talafot ko'rgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida