“The Telegraph” gazetasi muharrir va ekspertlari 2026-yilda mazmunli sayohat uchun O‘zbekistonni tavsiya qilmoqda
Yanvar 15, 2026. 15:20 • 56 soniya
• 972
LONDON, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” nashrida eʼlon qilingan maqolada 2026-yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekiston tavsiya qilingan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, muharrir va ekspertlar 2026-yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekistonga borishni tavsiya etgan.
“Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan o‘zbek diyorida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu bejiz emas: bir qator davlat tashabbuslari tufayli so‘nggi yillarda sayyohlar soni keskin ko‘paydi. Bu O‘zbekistonga borishga arziydigan ishora”, deya taʼkidlangan maqolada
Materialda mutaxassislar 2026-yilda O‘zbekistonga sayohat qilish davomida mamlakatdagi tarixiy bozorlar, muhtasham qadimiy madaniyat va meʼmorchilik yodgorliklarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlariga safar qilishni rejalashtirayotgani alohida taʼkidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi