Namanganda bo'lib o'tadigan 63-Xalqaro gullar festivali Qozog'iston OAV nigohida
Aprel 18, 2024. 08:35 • 2 daq
• 432
OLMAOTA, 18-aprel. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning ommabop "Almalife.kz" axborot portalida "Namangan may oyida boshlanadigan an’anaviy gullar bayramiga dunyoning turli burchaklaridan mehmonlarni kutmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma’lum qilinganidek, 19-may – 23-iyun kunlari Namanganda 63-Xalqaro gullar festivali bo'lib o'tadi. An’anaga binoan, festivalning tantanali ochilish marosimi mahalliy gulchilar tomonidan turli xil gullar bilan bezatilgan avtomobillarning keng qamrovli paradi bilan boshlanadi.
Qayd etilishicha, festival dasturidan betakror gul dizaynlari va maftunkor ko'rgazmalar, turli ko'ngilochar tadbirlar, ko'rik-tanlovlar hamda g'oliblarni taqdirlash marosimlari o'rin olgan.
"Namangandagi gullar bayrami 1961-yildan buyon o'tkazib kelinadi va u har bir o'zbekistonlik uchun mavjud o'simliklarning rang-barangligi va gul madaniyatini aks ettiruvchi ulug'vor tadbirdir", – deb yozgan "Almalife.kz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi