Malayziya OAV: 23-25-iyun kunlari Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo'lib o'tadi
Iyun 05, 2025. 07:34 • 2 daq
• 58
KUALA-LUMPUR, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning "Bernama»" axborot agentligi va "OIC Today" nashri 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "BMTning davlat xizmatlari forumi - 2025"ga bag'ishlangan maqolalarni tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"2025-yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi o'tkaziladi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir "2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko'rsatishni jadallashtirish" asosiy mavzusida bo'lib o'tadi", – deb yozgan nashrlar.
Ta'kidlanganidek, forum BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilmoqda.
Malayziya OAV O'zbekistonda 2017-yilda boshlangan tub islohotlar O'zbekiston davlat xizmati tizimida ham ijobiy o'zgarishlarga yo'l ochganini qayd etgan. O'zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan davlat fuqarolik hukumati transformatsiya qilindi. "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan hayotiy tamoyilidan kelib chiqib, O'zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etildi.
Maqolalarda, shuningdek, O'zbekistonda yuqori rahbarlik lavozimlariga zaxira tayyorlash amaliyoti qo'llanila boshlanganiga e'tibor qaratilgan. Natijada, davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar yanada demokratlashdi, deb ta'kidlangan.
"Mazkur sohadagi yutuqlar va salohiyat 2025-yil iyun oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan BMT Davlat xizmati forumida namoyon bo'lishi kutilmoqda. Ushbu Forum O'zbekistonda ilk bor tashkil etiladi va bu mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega", – deb yozilgan "Bernama»" AA va "OIC Today" maqolalarida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida