Xitoyning "Jenmin Jibao" gazetasi ijodiy jamoasi press-tur doirasida O'zbekistonda bo'ldi
Iyul 25, 2024. 19:26 • 3 daq
• 125
PEKIN, 26-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Xitoyning yirik "Jenmin Jibao" gazetasi jamoasi uchun mamlakatimiz bo'ylab press-tur tashkil etildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Xitoylik jurnalistlar O'zbekistonga safarlari yakunlari bo'yicha gazetaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xitoy, ingliz va rus tillarida turkum maqolalar e'lon qildi.
Jumladan, "Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi muloqot qadimgi sivilizatsiyalarga yangi hayot baxsh etyapti" sarlavhali maqolada yozilishicha, bundan 1300 yil muqaddam xitoylik rohib va Tan sulolasi davri sayyohi Syuanszan Samarqandning go'zal manzaralarini tasvirlab bergan. Xitoy va O'zbekiston qadimgi sivilizatsiyalar makonlari bo'lib, ularning do'stligiga Buyuk ipak yo'li guvoh.
"Bugungi kunda Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, turizm va sport sohalaridagi hamkorlik rivojlanib, sivilizatsiyalar o'rtasidagi muloqotning yaxshi namunasiga aylanib bormoqda, deyiladi maqolada.
Safar haqidagi navbatdagi maqolada yozilishicha, Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi o'zining ulug'vorligi – ko'k va tillarang sharqona gumbazi, ustunlari, Amir Temur hayotini aks ettiruvchi freskalar bilan kishini hayratga soladi.
Nashrda 2013-yil sentyabr oyida Xitoy rahbari Si Szinpin O'zbekistonga tashrifi chog'ida Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif buyurgani ma'lum qilingan. U muzeydagi Buyuk ipak yo'li xaritasi oldida turib shunday degandi: "Bu Sian – Buyuk ipak yo'lining boshlanish nuqtasi va mening kichik vatanim".
Muallif Temuriylar tarixi muzeyi direktori o'rinbosari Surayyo O'ljaboyevaning so'zlaridan iqtibos keltirgan: "Xitoy rahbari ekskursiya davomida ma'lumotlarni diqqat bilan tingladi. U Xitoy xalqi va jahon tarixini juda yaxshi biladi, boshqa davlatlar tarixi bilan ham qiziqadi".
"Samarqanddagi Konfutsiy instituti: yoshlar almashinuvi ming yillik do'stlik tarixini yozishda davom etmoqda" sarlavhali maqolasida ushbu oliy ta'lim muassasasi faoliyati qalamga olingan.
"Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti auditoriyalarida xitoy tili darslari olib boriladi", – deyiladi maqolada. – Bu yil Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutiga 10 yil to'ldi".
Press-tur davomida xitoylik jurnalistlar Urumchiga gastrol qilishni rejalashtirgan "Tumor" o'zbek ansambli mashg'ulotlarida ishtirok etishdi.
Bu alohida maqola mavzusi bo'lib, unda ansambl a'zolarining fikrlari keltirilgan.
"Menimcha, san'at odamlarni birlashtiradi. Xitoy xalqi bizning raqsimizni tushunishi uchun ushbu gastrol safari bilan ushbu mamlakatga bormoqchimiz. Biz xitoylik hamkasblarimiz bilan birga o'qidik, tajriba almashdik", – dedi "Tumor" ansambli vakili Alsu Galimova.
Pekindan kelgan OAV xodimlari bilan uchrashuv davomida Sitora Turopova o'zbek raqsining o'ziga xos jihatlari haqida so'zlab berdi. "O'zbek raqs harakatlaridan qizlarimiz juda vazmin, erkaklari jasur ekanini ko'rish mumkin. Boshqa xalqlar o'zbek raqslarini o'rgansa, dunyoqarashimiz, madaniyatimiz haqida ham ko'p narsalarga ega bo'ladi", dedi u.
Ta'kidlanishicha, faqat muloqot va o'zaro ta'lim orqali sivilizatsiyalar hayotiylik bilan to'ldiriladi. O'zaro hamkorlik orqali Xitoy va O'zbekiston yoshlari ikki qadimiy sivilizatsiya yutuqlarini meros qilib olib, rivojlantirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida