Yangi O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlash bo'yicha islohotlar Tojikiston OAV nigohida
Oktabr 16, 2024. 14:11 • 2 daq
• 234
DUSHANBE, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi "Yangi O'zbekistonda fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi sohasidagi huquqlarini mustahkamlash" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekistonda so'z va axborot erkinligini ta'minlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va jurnalistlarning kasbiy huquqlarini himoya qilish bo'yicha mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan, – deyilgan maqolada. –Yangi O'zbekiston qurilishida axborot sohasini liberallashtirish va uni rivojlantirish ustuvor vazifalardan ekanini inobatga olib, konstitutsiyaviy islohotlardan so'ng ushbu huquqlarga bag'ishlangan moddalar sezilarli darajada kengaytirildi".
Qayd etilishicha, O'zbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida "Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanishni ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi", deb mustahkamlab qo'yilgan.
Shuningdek, O'zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha 20 dan ortiq qonunlar qabul qilingan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi to'g'ridan-to'g'ri qonunlarning mavjudligi me'yoriy-huquqiy hujjatlarning yaxlit tizimini yaratishi, sohadagi munosabatlarda huquqiy aniqlikni ta'minlashi hamda ommaviy axborot vositalari erkinligini real ta'minlashga xizmat qilishi muhim ahamiyatga ega.
Materialda respublikada davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini oshirish maqsadida matbuot xizmatlari tashkil etilgani xabar qilingan.
2018-yilda O'zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan mamlakatimda birinchi O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. Televideniye va radioeshittirish sohasida "O'zbekiston-24", "O'zbekiston tarixi", "Madaniyat va ma'rifat", "Dunyo bo'ylab", "Navo", "Yoshlar", "O'zbekiston" va boshqa davlat hamda "Milliy TV", "Uzreport TV", "MU5" singari nodavlat telekanallari mavjud.
"Bugungi kunga qadar O'zbekistonda axborot sohasidagi huquqlarni amalga oshirish bo'yicha bir qator xalqaro tavsiyalar amalga oshirildi", – deb yozgan "Avesta".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“The Gulf Observer”: O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqaro maydonda ekologiya sohasida muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda

“El País”: Buxoro va Toshkent – O‘zbekistonning o‘tmish va kelajagini ifodalovchi betakror shahar


