Yangi O'zbekiston sportchilarining yozgi Olimpiya o'yinlaridagi tarixiy yutuqlari Xitoy OAV diqqat markazida
Avgust 13, 2024. 15:26 • 2 daq
• 457
PEKIN, 13-avgust. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi, "Jenmin jibao" gazetasi va "china.org.cn" yangiliklar portalida O'zbekiston sportchilarning Parijda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan g'alabalariga bag'ishlangan maqolalar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda O'zbekiston "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlarida mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan holda, 13-o'rinni egallagani ma'lum qilingan.
"Dunyoning 206 davlatidan eng kuchli sportchilar ishtirok etgan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Joriy musobaqalarda mamlakat sportchilari 8 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalini qo'lga kiritib, o'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Shuningdek, ular Yangi O'zbekiston qahramonlariga aylanishdi", – deb yozgan Xitoy OAV.
Maqolalarda, shuningdek, dushanba oqshomida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olingani ta'kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Namangandagi Xalqaro gullar festivali Yangi O‘zbekistonning turizm brendiga aylanmoqda

“Eurasia Magazine”: TDT sammitlari orqali sheriklik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda


