O‘zbekiston delegatsiyasi Ashxobodda MDH davlatlari Temir yo‘l transporti kengashining 84-yig‘ilishida ishtirok etdi
May 15, 2026. 12:25 • 2 daq
• 44ASHXOBOD, 15-may. /“Dunyo” AA/. Turkmaniston poytaxtida MDHga aʼzo davlatlar Temir yo‘l transporti kengashining 84-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatilla Rahmetov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi.
MDH mamlakatlari temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlari va vakillari davlatlararo darajada temir yo‘l transporti faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro temir yo‘l tarmog‘ining texnologik yaxlitligini taʼminlash, shuningdek, uni zamonaviy sharoitda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Ishtirokchilar transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, yuk tashish hajmini oshirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi.
Tadbir doirasida “Yosh temiryo‘lchilar” II forumi ham o‘tkazildi. Unda sohani barqaror rivojlantirish strategiyalari, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va taʼlim masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, delegatsiyalar o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar, madaniy tadbirlar hamda tarmoq muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston Temir yo‘l transporti vazirligi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan bir qator kelishuvlar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Toshkent viloyati Ispaniya hududlari bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

YUNESKO bilan Buxorodagi “Poyi Kalon”ni restavratsiya qilish bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi





