O‘zbekiston Prezidenti Hindiston rahbariyatiga Uttar-Pradesh shtatidagi kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi
May 15, 2026. 12:30 • 2 daq
• 28
TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya maktubi yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.
“Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, - deyiladi xabarda.
“RBK” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yuz bergan kuchli dovul oqibatida halok bo‘lganlar soni 111 nafarga yetib, yana 72 kishi tan jarohati olgan. 13-may kuni oqshomda shtatning bir nechta tumanida yomg‘ir va momaqaldiroq bilan birga chang bo‘roni ko‘tarilgan. Odamlarning bir qismi qulagan inshootlar va daraxtlarning ostida, boshqalari esa chaqmoq urishi natijasida halok bo‘lgan.
“RBK” AA saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




