TIV huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga yangi rahbar tayinlandi
Yanvar 10, 2024. 10:27 • 35 soniya
• 1892
TOSHKENT, 10-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbarlik qiladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
U nemis va ingliz tillarini biladi.
Sanjar Valiyev 2019-2023-yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o'rniga tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016-yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi