O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Aprel 04, 2025. 09:50 • 56 soniya
• 1993
XELSINKI, 4-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Finlyandiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Temur Rahmonov ushbu mamlakat Prezidenti Aleksandr Stubbga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rasmiy tadbirdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida O'zbekiston hamda Finlyandiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Aleksandr Stubb O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni fin tomoni to'liq qo'llab-quvvatlashini va ushbu yo'nalishda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Finlyandiya yetakchisi, shuningdek, rasmiy Xelsinki va Toshkent o'rtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholab, O'zbekistonning mintaqadagi muhim o'rnini qayd etdi va mamlakatimiz bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Timur Rahmonov 2024-yil 13-mart kuni O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi sifatida Riga shahriga borgan edi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli bo'lib ishlagan.
Timur Rahmonov 2024-yil 17-iyun kuni O'zbekiston elchisi sifatida Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga, shuningdek, 2025-yil 11-fevral kuni Litvadagi elchi sifatida (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) ushbu davlat Prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi