Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

Noyabr 27, 2025. 17:54 • 42 soniya

184
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

KOPENGAGEN, 27-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Daniyadagi yangi elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Rahmatulla Nurimbetov Daniya Qiroli Frederik X ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimdan so'ng siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi O'zbekiston–Daniya munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muloqot chog'ida tog'-kon sanoati, "yashil" energetika, sog'liqni saqlash va farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, iqlim barqarorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Daniya 1992 yil 25 yanvarda diplomatik munosabatlar o'rnatgan. Rahmatulla Nurimbetov2024 yil 4 dekabrda O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Qirol Karl XVI Gustavga, 2025 yil 15 mayda esa Norvegiyadagi elchisi sifatida Qirol Xarald Vga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish