Logo

O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi

May 21, 2025. 10:24 • 39 soniya

1151
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi

TOSHKENT, 21-may. /"Dunyo"AA/. O'zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxodjayev Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sirdaryo viloyatida tug'ilgan 67 yoshli senator 2017-2025-yillarda O'zbekistonning Turkiyadagi, 2018-yildan buyon esa bir vaqtning o'zida Bolgariyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan. Diplomat 1980-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Ish faoliyati davomida "Toshkentmebel" ishlab chiqarish birlashmasida huquqshunos hamda turli davlat idoralarida mas'ul lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 1990-1995-yillarda xalq deputati, O'zbekiston Oliy Majlisi Yoshlar masalalari qo'mitasi raisi bo'lgan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, xorijdagi elchixonalarda ishlab, ishlab chiqarish korxonalariga rahbarlik qilgan.


Rus, ingliz va turk tillarini mukammal biladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish